UZOQ MUDDATLI ISTIQBOLDA ENG FOYDALI BO`LISH IMKONIYATI

Sug‘arta- mamlakatning iqtisodiy barqarorligiga ta'mir qiluvchi omil xisoblanadi. Buning sababi sug‘urta korxonalar tashkilotlar,tadbirkorlar va aholini himoya qilishi bilan bog‘liq. Ammo, bugungi kunda mamlakatimizda sug‘urta tashkilotlari qanday ishlamoqda?

“O‘zbekiston sug‘urta bozorining rivojlanishini rag‘batlantirish va sug‘urta kopaniyalarining investision faoliyatini qo‘llab quvvatlash masalalari” mavzusi ostida o‘tkazilgan seminar O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirish va sug‘urta kompaniyalarining investision qo‘llab quvvatlashga bag‘ishlandi.

Mazkur tadbirda davlatimiz raxbari tomonidan sug‘urta bozorini rivojlantirish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda e'lon qilingan eng so‘nggi ma'lumotlar taqdim etildi. Joriy yilning olti oy davomida sug‘urta kompaniyalari tomonidan to‘plangan sug‘urta badallari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1.5 baravar ko‘paydi, ammo sug‘urta yig‘imlari axoli jon boshiga 50 ming so‘mni tashkil etdi. Ubshu sektorning YaIMdagi ulushi 0.4% ni tashkil etadi. Shunday qilib, sug‘urta xizmatlari turli xil moliyaviy risklardan himoya qilish vositalaridan biri bo‘lishiga qaramay, ularning roli xozirgi kunga kelib yetarli emas.

Bugungi kunda jahon sug‘urta bozori 1000 dan ortiq turdagi xizmatlarni taqdim etadi, ularning 300 tasi hayotni sug‘urtalashga qaratilgan, ammo bizning mamlakatimizda ko‘plab sug‘urta turlari, masalan moliyaviy institutlarning javobgarligini sug‘urtalash, direktorlar va menejerlarning aksiyadorlar oldidagi majburiyatlari rivojlanmaganligicha qolmoqda.

Qayd etish joizki, tahlil nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo sug‘urta bozorida muammolar mavjudligini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu esa asosan, sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta regulyatori, sug‘urtalovchilar o‘rtasida samarali aloqaning yo‘qligi va mijozlarning so‘rovlariga javob berilishining kechikishi sababli xizmatlarning yomon taqdim etilishi bilan bog‘liq.

Tadbirda, shuningdek, sug‘urta kompaniyalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va soha samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rib chiqildi. “Euroasia Insurance" bosh direktori Muzaffar Mirzamaxmudov joriy yilning olti oyi davomida kompaniya tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch baravar oshganini va sug‘urta qoplamasi qariyb to‘rt baravar ko‘payganligini ta'kidladi. Jismoniy shaxslar sug‘urta portfelidagi ulushi 4,4 baravar oshdi, bugungi kunda 55 mingdan ortiq fuqaro Kompaniyaning sug‘urta xizmatlaridan doimiy ravishda foydalanmoqda.

Shu bilan birga, sug‘urta bozoriga yangicha qarash, har bir mijozga individual yondashish va maksimal qulaylik yaratish vaqt va sog‘lom raqobatni rivojlantirish omilidir. Kompaniya onlayn savdo tizimini yanada sodda va tushunarli qilib, sug‘urta xizmatlarini yangi turlarini joriy etishni va amaldagilarini rivojlantirish ustida ishlamoqda. Raqamli transformatsiya jarayonida aholining moliyaviy savodxonligi va sug‘urta madaniyatini oshirish uchun yagona portalni ishga tushirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, sug‘urtalovchi mutaxassisligi bo‘yicha moliyaviy, sug‘urta, kredit, baholash xizmatlari, pul o‘tkazmalari, maslahat va masofaviy o‘qitish xizmatlari yagona onlayn-supermarketga birlashtiriladi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala - sug‘urta bozorida yangi va ommabop xizmatlarni taqdim etish orqali iqtisodiyotni sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish. Shuningdek, asosiy vazifalardan biri sug‘urta qoplamasini yaxshilash va o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishda sug‘urta da'volarini ko‘rib chiqish muddatlari va hujjatlarini yanada qisqartirishdir. Shu bilan birga, Avto-Kasko va mulkni sug‘urtalashni optimallashtirish, sug‘urta mahsulotlari va xizmatlarini eksport qilish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish rejalashtirilgan.

Kompaniyani zamonaviy xodimlar bilan ta'minlash - muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Ish faoliyati uch yo‘nalishda tashkil etilgan:

 an'anaviy (ma'ruzalar, davriy mashg‘ulotlar, biznes o‘yinlar);

 masofaviy o‘qitish (mustaqil o‘qish, vebinar)

 jamoa tuzish (timbilding - mashg‘ulot, rotasiya, loyiha jamoasini o‘qitish). Dastlab 42 soatlik sinov dasturini joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Seminar yakunida mutaxassislar sug‘urtani raqamlashtirishni tezlashtirish bo‘yicha qator tavsiyalar ishlab chiqdilar. Xususan, aholining aholi va korxonalarni sug‘urta qilishiga bo‘lgan ishonchini oshirish uchun sug‘urtalovchilarning sa'y-harakatlari zamonaviy talablarga javob bermaydigan vaziyatni o‘zgartirish choralariga yo‘naltirilishi kerak deb yuritildi. Yangi sug‘urta xizmatlarining ahamiyati, korrupsiya va firibgarlikka qarshi kurashish, mijozlarga yo‘naltirilgan faoliyatni chuqurlashtirish, investisiyalarni diversifikasiya qilish, professional xodimlarni kuchaytirish, xizmatlarni raqamlashtirish va reklama faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Sug‘urta tashkilotining investision faoliyatini diversifikasiya qilish va yangi investisiya mexanizmlarini joriy etish sohadagi soliq tizimini takomillashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir.

Shu asosda mamlakatda sug‘urta bozorini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish va shunga mos ravishda sohani raqamli ravishda o‘zgartirish va rivojlantirishda yana bir katta qadam bo‘lishi kutilmoqda

Sayohat