Avariyada yetkazilgan zararni siz uchun biz to‘ladik, shu sababli polis qoplamasi o‘sha summaga kamaydi. SMS’dagi summani to‘lang, polis yana 80 mln so‘mgacha himoya qiladi.

OSAGO polisining qoplamasi butun muddat uchun 80 mln so‘m. Shu summa doirasida jabrlanganlarga zararni siz uchun biz to‘laymiz.
Shundan jabrlanganlarning avtomobili va mol-mulki uchun 28 mln so‘mgacha, hayoti va sog‘lig‘i uchun 52 mln so‘mgacha to‘lanadi. Shkalada misol: 22 mln so‘m to‘langan, quyidagi hisob-kitobdagidek.
Yana sizning aybingiz bilan avariya bo‘lsa, faqat qolgan summa doirasida to‘laymiz. Ortig‘ini jabrlanuvchi sizdan talab qiladi.
Polis muddati tugaguncha amal qiladi, haydashda davom etishingiz mumkin. Faqat himoya summasi kamaydi.
Uch qadam, hammasi telefon orqali.
Yoki Telegramda yozing. SMS’dagi polis raqamini ayting, masalan EEIL 0000111.
Operator qo‘shimcha to‘lov summasini tasdiqlaydi va to‘lov uchun havola yuboradi.
Polis muddati tugaguncha qoplama yana 80 mln so‘m bo‘ladi. Polis raqami o‘zgarmaydi.
Payme yoki Click’da ham to‘lash mumkin: «Sug‘urta» → EUROASIA Insurance. U yerda shartnoma raqami so‘raladi, uni operator aytib beradi.
Muddat: SMS kelgan kundan boshlab ikki hafta. Bu OSAGO Qoidalarining 69-bandida belgilangan (Vazirlar Mahkamasining 141-son qarori). Qoidalar matni lex.uz’da ↗
Qo‘shimcha to‘lov faqat sarflangan qoplama qismi va polisning qolgan kunlari uchun hisoblanadi. To‘langan zarar qancha kichik va polis tugashiga qancha oz qolgan bo‘lsa, summa shuncha kam bo‘ladi.
Qolgan kunlar avariya sodir bo‘lgan sanadan hisoblanadi.
2025–2026 yillardagi to‘lovlarga ko‘ra, mijozlarning yarmi 7 500 so‘mdan kam, har 10 mijozdan 9 tasi 36 000 so‘mdan kam qo‘shimcha to‘lov qilgan.
OSAGO shunday tuzilgan: 80 mln so‘mlik qoplama polisning butun muddati uchun beriladi va har bir to‘lov uni kamaytiradi. Qo‘shimcha to‘lov qoplamani yana to‘liq summaga qaytaradi. Ikki hafta ichida to‘lash majburiyati OSAGO Qoidalarining 69-bandida belgilangan.
Polis amal qilishda davom etadi, jarima yo‘q. Lekin qoplama kamligicha qoladi: keyingi avariya sizning aybingiz bilan bo‘lsa, qolgan summadan ortiq zararni jabrlanuvchi sizdan undirishi mumkin.
Polis narxi × (to‘langan zarar ÷ 80 mln) × (avariyadan polis tugashigacha qolgan kunlar ÷ polisning jami kunlari). Hisobni 1147 operatori tushuntirib beradi.
Avariyaning o‘zi sababli ha: polisni yangilashda sug‘urta hodisasi uchun oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi (so‘nggi 12 oyda bitta hodisa uchun 1,3). Qo‘shimcha to‘lov bunga ta’sir qilmaydi.
Yo‘q. Polis o‘sha raqam bilan o‘sha sanagacha amal qiladi.
SMS va qo‘shimcha to‘lov har bir to‘lov uchun alohida keladi. Hammasini 1147 ga bitta qo‘ng‘iroq bilan to‘lash mumkin.
Ha: «Sug‘urta» bo‘limi → EUROASIA Insurance. U yerda shartnoma raqamini kiritish kerak, uni 1147 operatori aytib beradi. To‘lov havolasini so‘rash osonroq.
savolingizni yozing, tez orada javob beramiz