Euroasia insurance

Xorijda o‘qish uchun onlayn sug‘urta

20% keshbek oling

To‘lov oynasida karta raqamingizni kiriting — polis narxining 20 foizi darhol kartangizga tushadi.

Sayohat ma'lumotlari


Mamlakatlarni tanlang
Maksimal 5 ta davlat
Ketish
Qaytish
Qolish:-

Sug'urtalangan shaxslar


Sayohatchi 1
Tug'ilgan sana

Sug'urta haqida ma'lumot


  • Polis turi:Chet elga sayohat sug'urtasi
  • Boshlanish sanasi:
  • Tugash sanasi:
Jami to'lov summasi:

Xorijda butun o‘quv yili davomida himoya

Talabalar va ota-onalar uchun

Talaba to‘satdan kasallansa yoki jarohat olsa, polis shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishga ko‘maklashadi. Talaba kimga qo‘ng‘iroq qilishni, ota-ona esa qanday yo‘l tutishni biladi.

365 kungacha
EDUCATION dasturi bir o‘quv yilini to‘liq qamrab olishi mumkin
90 000 € gacha
Turli mamlakatlar va talablar uchun to‘rtta dastur
Elektron polis
Ma’lumotlar kiritilib, to‘lov amalga oshirilgach rasmiylashtiriladi
O‘zbekistonlik talaba xorijiy universitet kampusida

Ta’lim oladigan mamlakatingizga mos dasturni tanlang

To‘rt xil hududiy qamrov

Mamlakat, sug‘urta summasi hamda ta’lim muassasasi yoki konsullik talablarini solishtiring. Yakuniy narx sahifadagi shaklda hisoblanadi.

EKONOM — 20 000 €

MDH davlatlari, Janubi-Sharqiy Osiyo, Misr, Rossiya, BAA va Turkiya. COVID-19 bo‘yicha yordam kiritilmagan.

KLASSIK — 45 000 €

EKONOM dasturi mamlakatlari, Buyuk Britaniya va Shengen zonasi. COVID-19 bo‘yicha yordam 5 000 € gacha.

ELIT — 60 000 €

AQSh, Kanada, Yaponiya va Avstraliyadan tashqari butun dunyo. COVID-19 bo‘yicha yordam 20 000 € gacha.

EKSKLYUZIV — 90 000 €

Istisnosiz butun dunyo mamlakatlari. COVID-19 bo‘yicha yordam 25 000 € gacha.

Polis narxini hisoblash

Narx mamlakat, safar muddati, yosh va tanlangan dasturga bog‘liq

Qanday yordam ko‘rsatiladi

Tanlangan dastur doirasida

Umumiy sug‘urta summasi va har bir xizmat limiti polisda ko‘rsatiladi.

Shifokor va davolanish

To‘satdan kasallanganda yoki jarohat olganda shoshilinch ambulator va statsionar yordam.

Tashxis va dori-darmonlar

Zarur tekshiruvlar va shifokor retsepti bo‘yicha dori-darmonlar.

Stomatologiya

O‘tkir og‘riqni bartaraf etish va dastur limiti doirasidagi birlamchi muolajalar.

Tibbiy transport

Tibbiy ko‘rsatma bo‘lsa, eng yaqin mos klinikaga yetkazish.

Evakuatsiya va repatriatsiya

Belgilangan limitlar doirasida tibbiy ko‘rsatma bo‘yicha tashishni tashkil etish.

24/7 assistans xizmati

Assistans xizmati polisda nazarda tutilgan yordamni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.

Polis kutilmagan holatlar uchun mo‘ljallangan

Yordamning aniq hajmi tanlangan dastur, limitlar va polis shartlariga bog‘liq.

Qamrovga nimalar kirishi mumkin

to‘satdan kasallanganda yoki jarohat olganda shoshilinch yordam

zarur ambulator va statsionar davolanish, muolajalar va tekshiruvlar

shifokor tayinlagan dori-darmon va bog‘lov materiallari

dastur limiti doirasida shoshilinch stomatologik yordam

tibbiy transport, evakuatsiya va dasturda nazarda tutilgan boshqa xizmatlar

Odatda nimalar qoplanmaydi

rejali ko‘rik, profilaktika va qaytguncha kechiktirish mumkin bo‘lgan davolanish

polis rasmiylashtirilishidan oldin ma’lum bo‘lgan kasalliklarni davolash

polisda tegishli belgi bo‘lmasa, sport va faol turizm

mastlik, qasddan sodir etilgan yoki qonunga xilof harakatlar bilan bog‘liq holatlar

uyga qaytgandan yoki sug‘urta muddati tugagandan keyingi xarajatlar

To‘liq shartlarni ochish

Ota-onalar nimani bilishi kerak

Talaba uzoq muddatga ketayotganda

Ota-ona talaba uchun polis rasmiylashtirishi mumkin. Shartnomada ota-ona sug‘urta qildiruvchi, talaba esa sug‘urtalangan shaxs bo‘ladi.

Polisni talaba uchun rasmiylashtirish mumkin

Sug‘urta qildiruvchi shartnomani boshqa shaxs foydasiga tuzishi mumkin.

Yordam xizmati raqami polisda ko‘rsatiladi

Talaba polisni telefonida saqlashi va assistans raqamini alohida yozib olishi kerak.

Xarajatlarni oldindan kelishib oling

Assistans xizmati yordamni tashkil etadi. Assistans bilan oldindan kelishmasdan to‘langan xarajatlar oferta shartlari va tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda qoplanishi mumkin.

Tasdiqlovchi hujjatlarni saqlang

Tibbiy xulosa, hisob-faktura, retsept va to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlang.

Talaba uchun polisni rasmiylashtirish

Hisoblash uchun mamlakat, safar sanalari va sug‘urtalangan shaxs ma’lumotlari kerak

Talabaga yordam kerak bo‘lsa

To‘rt qadam

Eng asosiy qoida: polisdagi raqam orqali assistans xizmatiga imkon qadar tezroq murojaat qilish.

1

Assistans xizmatiga qo‘ng‘iroq qiling

Hodisa haqida darhol xabar bering. Bog‘lanish imkoni bo‘lmasa, birinchi imkoniyatda murojaat qiling.

2

Polis ma’lumotlarini ayting

Vaziyatni tushuntiring, talabaning turgan joyini va bog‘lanish raqamini ayting.

3

Ko‘rsatmalarga amal qiling

Assistans xizmati talabani tegishli klinikaga yo‘naltiradi va dasturda nazarda tutilgan xizmatlarni tashkil etadi.

4

Hujjatlarni saqlang

Tibbiy xulosa, hisob-faktura, retsept va to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarni oling.

Sug‘urta doimo yoningizda

Elektron polisni EAI ilovasida saqlang, hujjatlarni yuklab oling va qo‘llab-quvvatlash xizmatiga telefon orqali murojaat qiling. Bu xorijdagi talaba va uydagi ota-ona uchun qulay.

EAI mobil ilovasini yuklab olish uchun QR-kod

Ilovani yuklab olish

Smartfon ekranlaridagi EAI mobil ilovasi

Xorijda o‘qishga tayyorgarlik

  • 2025-yilda o’zbekistonlik talabalar uchun chet elda o’qish yo’nalishlari

    2025-yilda o’zbekistonlik talabalar uchun chet elda o’qish yo’nalishlari

    2025-yilda o’zbekistonlik talabalar uchun chet elda o’qish bo’yicha qisqa qo’llanma: TOP yo’nalishlar, talaba tibbiy sug’urtasi va EAI yechimlari.

  • EUROASIA sug‘urtasi bilan Shengen vizasiga tayyorgarlik: 2025-yil talablari

    EUROASIA sug‘urtasi bilan Shengen vizasiga tayyorgarlik: 2025-yil talablari

    Shengen vizasi uchun tibbiy sug’urta: minimal 30 000 yevro talablari, qamrov turlari va EUROASIA Insurance’ning Klassik va Eksklyuziv dasturlari.

  • Gruziyaga sug’urta 2026: chegarada 300 lari jarimadan qoching

    Gruziyaga sug’urta 2026: chegarada 300 lari jarimadan qoching

    2026-yildan Gruziyaga sug’urta majburiy bo’ladi: polisiz 300 lari (≈1,3 mln so’m) jarima хавфи бор. Arzon polisni onlayn qanday rasmiylashtirishni bilib oling.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Savollar qoldimi?

1147 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki rasmiylashtirishdan oldin shartlarni aniqlashtiring.