Qonunchilikka binoan, tashuvchi xizmat ko‘rsatilgunga qadar yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazish bo'yicha fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi majburiydir.
Polis tashuvchining aybi bilan yo‘lovchilarga yetkazilgan mol-mulk va jismoniy zararlarni qoplaydi.
Davlat sug‘urta tovonlarini shartsiz to‘lashni kafolatlaydi.
Sug‘urta dasturini tanlang
Sug‘urta dasturlari bilan tanishing va eng ma’qul variantni tanlang.
Onlayn to‘lov
Vaqtingizni tejang- sayt orqali o‘zingizga qulay usulda to‘lovni amalga oshiring.
Polisni yuklab oling
To‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, polis electron pochtangizda ko‘rinadi va shaxsiy kabinetingizda mavjud bo‘ladi.
O‘z vaqtida zarur yordamni oling
Sizning barcha polislaringiz saytdagi shaxsiy kabinetingizda saqlanadi. Sug‘urta hodisasi yuz bersa, da’vo arizasini kiriting va to‘lovni oling
Umumiy tovon miqdori
Umumiy sug‘urta summasi 44 million so‘mni tashkil etadi.
Mol-mulkka zarar
Yo‘lovchining mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun tovon miqdori – 4 million so‘mni tashkil etadi.
Jismoniy zarar
Yo‘lovchining hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun tovon miqdori – 40 million so‘mni tashkil etadi.
Tez to‘lovlar
Tovon to‘lovi sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Polisni onlayn rasmiylashtirish uchun, saytimizda kerakli sug'urta turini tanlang, ariza formasini to'ldiring va polisini to'lang. Shundan so'ng polis elektron pochtangizga yuboriladi.
Sug‘urta tovonlari bevosita jabrlanuvchiga yoki foyda oluvchiga sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to‘lash qarori qabul qilingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay to‘lanadi.
Bizga savolingizni yozing va biz tez orada javob beramiz