PVI Insurance: 30 yillik barqaror rivojlanish va yetakchilik | EUROASIA

PVI Insurance

“EUROASIA INSURANCE” AJ QK ning  Kuzatuv kengashi raisi Bobur Kobulovich Shadiev, kuzatuv kengashi a’zolari Mels Uktamovich Axmedov va Devid Vint lardan iborat delegasiyasi  Vetnamning yetakchi sug‘urta kompaniyalaridan biri — PVI Insurance tashkil topganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi. Ushbu tadbirlar Vetnamning  Xanoy shahrida bo‘lib o‘tadi.

30 yillik davomida PVI Insurance barqaror o‘sish, korporativ boshqaruvning yuqori darajasi va innovatsiyalarga yo‘naltirilganlikni namoyon etib, Vetnam sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda hamda mintaqaviy ishtirokini mustahkamlab bormoqda.

2024 yilda kompaniya Vetnamda non-life sug‘urta segmentida yillik daromadi 20 000 milliard Vetnam dongidan (taxminan 800 million AQSh dollari) oshgan birinchi sug‘urta kompaniyasiga aylandi. Bu esa unga sug‘urta mukofotlari hajmi, kapitali va bozor ulushi bo‘yicha yetakchilikni mustahkamlash imkonini berdi.
2025 yilda esa kompaniya yana bir muhim strategik marraga erishib, yillik daromadini 1 milliard AQSh dollaridan oshirdi va moliyaviy barqarorligi, risklarni boshqarish tizimi samaradorligi hamda uzoq muddatli strategik qarashlarini tasdiqladi.

Izchil raqamli transformatsiya, jumladan PVI Digital platformasining ishga tushirilishi, shuningdek raqamli ekotizimlar, bank va tijorat platformalari bilan hamkorliklarning rivojlanishi sug‘urta xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi va kompaniyaning texnologik yetakchiligini mustahkamladi.

PVI Insurancening yuqori yutuqlari xalqaro miqyosda ham e’tirof etildi, jumladan Country Awards for Excellence 2025 (Insurance Asia News) mukofotliga sazovor bo’ldi.

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hissasi alohida e’tiborga loyiq: 2024 yilda Yagi tayfunidan so‘ng PVI Insurance sug‘urta zararlarini tezkor va professional tarzda tartibga solib, tiklanish davrida muhim yordam ko‘rsatdi.

EUROASIA INSURANCE PVI Insurance bilan hamkorlik munosabatlarini yuksak qadrlaydi va kompaniyani ishonchli strategik hamkor sifatida ko‘radi.

PVI Insurance kompaniyasini tashkil topganining 30 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida barqaror rivojlanish, yangi yutuqlar hamda xalqaro sug‘urta bozoridagi mavqeining yanada mustahkamlanishini tilaymiz.

Hurmat bilan,
EUROASIA INSURANCE

O'qishni tavsiya qilamiz

    EUROASIA INSURANCE SNS Ratings tomonidan (uz) AAA yuqori reytingini oldi
    EUROASIA INSURANCE SNS Ratings tomonidan (uz) AAA yuqori reytingini oldi

    EUROASIA INSURANCE sug‘urta kompaniyasiga SNS Ratings agentligi tomonidan to‘lovga qobiliyatlilik bo‘yicha eng yuqori (uz) AAA reytingi berildi. Kompaniyaning moliyaviy barqarorligi haqida batafsil bilib oling.

    Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti va EUROASIA Insurance hamkorlik memorandumi imzoladi
    Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti va EUROASIA Insurance hamkorlik memorandumi imzoladi

    Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti hamda EUROASIA Insurance sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Talabalar uchun amaliy tajriba va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari haqida bilib oling.

    OSAGO polisni 5 daqiqada yangilash: qadam-qadam instrukciya
    OSAGO polisni 5 daqiqada yangilash: qadam-qadam instrukciya

    OSAGO polisni avtoraqam oʻzgartirganida 5 daqiqada qanday yangilash kerak. Onlayn, Telegram, qoʻng-markazi va 25% chegirma.

    Avtoraqam oʻzgartirganida OSAGO polisini yangilash nima uchun muhim
    Avtoraqam oʻzgartirganida OSAGO polisini yangilash nima uchun muhim

    OSAGO polisi avtoraqamga bogʻlangan. Polisi yoʻq holda qanday xavf va shtraf bor? Oʻzbekistonda qonun talabi va riskalar.