
O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 25-dekabrdagi 16-son buyrug'i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2025-yil 20-yanvarda 3601-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan «Sug'urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi to'g'risida»gi Nizom asosida shakllantirilgan yangi reytingda «EUROASIA INSURANCE» sug'urta kompaniyasi eng yuqori ko'rsatkichlarga ega kompaniyalar beshligidan o'rin oldi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) tomonidan e'lon qilingan «Sug'urtalovchilarning xizmat ko'rsatish sifati bo'yicha reytingi»ning umumiy sug'urta yo'nalishi bo'yicha ma'lumotlariga ko'ra, «EUROASIA INSURANCE» kompaniyasi 105 ball to'plab, AAA ko'rsatkichi bilan «Yuqori» toifadagi kompaniyalar orasida 5-o'rinni egalladi.
Reyting qanday mezonlar asosida aniqlanadi
Nizomga ko'ra, sug'urtalovchilarning reytingi uchta asosiy yo'nalishdagi ko'rsatkichlar yig'indisi orqali belgilanadi. Eng muhim va ko'p ballga ega mezonlar — moliyaviy hisobotlar va sug'urta da'volarini ko'rib chiqish bilan bog'liq ko'rsatkichlardir. Xususan:
umumiy sug'urta da'volari soniga nisbatan o'z vaqtida ko'rib chiqilgan da'volar ulushi (yuqori ko'rsatkichda 15 ballgacha);
tan olingan da'volar bo'yicha o'z vaqtida to'langan sug'urta tovonlari (to'lovlari) ulushi (10 ballgacha);
umumiy da'volarga nisbatan qanoatlantirilgan sug'urta da'volarining nisbati (10 ballgacha);
sug'urta to'lovlarining yig'ilgan mukofotlarga nisbati, ya'ni birlashtirilgan koeffitsiyent (10 ballgacha);
sug'urtalovchining to'lovga qobiliyatlilik marjasining yetarlilik normativi — moliyaviy barqarorlikning asosiy ko'rsatkichi (eng yuqori mezon bo'yicha 20 ballgacha);
investitsiya faoliyati natijadorligi va sug'urta zaxiralarining to'liq shakllantirilganligi (jami 25 ballgacha).
Ana shu ko'p qirrali va shaffof baholash tizimi asosida shakllangan reytingda «EUROASIA INSURANCE» kompaniyasi o'zining moliyaviy barqarorligi, sug'urta da'volarini o'z vaqtida va to'liq ko'rib chiqish borasidagi izchil faoliyati bilan yuqori ko'rsatkichlarga erishib, mamlakatimizdagi eng yuqori reytingga ega sug'urta kompaniyalari beshligidan munosib o'rin egalladi.
Mijozlar ishonchini oqlash yo'lida
«EUROASIA INSURANCE» mijozlarning ishonchini oqlashda davom etgan holda, ayniqsa, Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish (TVEFJMSQ), KASKO sug'urta turlari bo'yicha sug'urta da'volarini 1 (bir) kun ichida bartaraf etish yo'lida izchil ishlarini olib bormoqda. Bu esa kompaniyaning mijozlarga operativ va sifatli xizmat ko'rsatishga bo'lgan amaliy yondashuvini yana bir bor tasdiqlaydi.
O'zbekcha



