Euroasia insurance

EUROASIA INSURANCE: Tezkor sug'urta da'volarini ko'rib chiqish orqali mijozlar ishonchi

EUROASIA INSURANCE 2026 yilning yanvar-aprel oylarida 330 ta sug'urta da'vosini 12 kun ichida ko'rib chiqdi. Mijozlar qoniqishi 95% dan yuqori.

Kompaniya yangiliklari8-may, 20262 daqiqa80 ko'rishlar

выплаты

Sug‘urta sohasida mijozlar ishonchini qozonishning asosiy omillaridan biri — da’volarni tez, ochiq va sifatli ko‘rib chiqishdir. Sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorligi va mas’uliyati, birinchi navbatda, sug‘urta hodisasi yuz berganda o‘z majburiyatlarini qanchalik tez va to‘liq bajarishida ko‘rinadi.

Shu munosabat bilan, “EUROASIA INSURANCE” AJ QK 2026 yilning yanvar–aprel oylarida sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish jarayonlarini tahlil qildi. 2026 yil 1 yanvardan 30 aprelga qadar sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha jami 330 ta murojaat kelib tushdi. Ulardan 279 tasi belgilangan muddatlarda to‘liq ko‘rib chiqildi. Qolgan 51 ta murojaat esa muddatlariga rioya qilingan holda may oyida o‘rganib chiqildi.

Ko‘rib chiqilgan 279 ta murojaatning natijalari quyidagicha:

•252 ta holatda sug‘urta to‘lovlari amalga oshirildi;

•27 ta holatda to‘lovni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Rad etish holatlari asosan sug‘urta shartnomasiga ko‘ra sug‘urta hodisasi deb topilmagan vaziyatlar bilan bog‘liq.

Har bir murojaat bo‘yicha, qaror qanday bo‘lishidan qat’i nazar, mijozlarga qonunchilikda belgilangan 15 kunlik muddat ichida rasmiy javob yuborildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra:

•murojaatlarni ko‘rib chiqishning o‘rtacha muddati 12 kalendar kunni tashkil etdi;

•majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish o‘rtacha 2,7 kunni oldi;

•barcha sug‘urta turlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish o‘rtacha 3,5 kunni tashkil qildi.

Ushbu ko‘rsatkichlar kompaniyada da’volarni ko‘rib chiqish va to‘lovlarni amalga oshirish tizimi samarali ishlayotganini ko‘rsatadi. To‘lovlarning o‘rtacha 3–4 kun ichida amalga oshirilishi mijozlarga o‘z vaqtida moliyaviy yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda.

Shuningdek, mijozlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, da’volarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha qoniqish darajasi 95 foizdan yuqori ekanligi aniqlandi.

“EUROASIA INSURANCE” AJ QK kelgusida ham xizmatlar sifatini oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va mijozlarga qulay xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.

Tavsiya qilamiz

Kompaniya yangiliklari

«EUROASIA INSURANCE» eng yuqori reytingli sug'urta kompaniyalari safidan o'rin oldi

8-iyul, 20262 daqiqa68 ko'rishlar
Kompaniya yangiliklari

Moody's EUROASIA Insurance reytingini B1 ga ko‘tardi

6-iyul, 20262 daqiqa94 ko'rishlar
Biznes

Quyosh panellariga davlat subsidiyasi O'zbekistonda: narx va hisob

14-iyul, 20258 daqiqa9 511 ko'rishlar
Salomatlik

Sportchini kim sug'urtalashi shart — klub, federatsiya yoki sportchi?

22-iyul, 20265 daqiqa38 ko'rishlar
Salomatlik

Baxtsiz hodisalardan sug'urta: tasodif moliyaviy muammoga aylanmasin

23-iyun, 20263 daqiqa81 ko'rishlar
Kompaniya yangiliklari

Jahon chempionati–2026 arafasida: EUROASIA INSURANCE O'zbekiston Futbol hakamlari markazining rasmiy homiysiga aylandi

12-iyun, 20262 daqiqa79 ko'rishlar
Kompaniya yangiliklari

EUROASIA INSURANCE SNS Ratings tomonidan (uz) AAA yuqori reytingini oldi

2-aprel, 20261 daqiqa72 ko'rishlar