Euroasia insurance

Anderaytingda xalqaro tajriba: Euroasia Insurance'da master-klass | O'zbekiston

Euroasia Insurance'da Angliyadan kelgan xalqaro ekspert ishtirokida anderayting bo'yicha 10 kunlik master-klass o'tkazilmoqda. O'zbekistonda xavflarni baholash va sug'urta da'volarini boshqarishda xalqaro amaliyotlarni joriy etish haqida bilib oling.

Kompaniya yangiliklari10-dekabr, 20252 daqiqa
Anderaytingda xalqaro tajriba

Anderayting faoliyatida xorij tajribasi: “Euroasia Insurance”da xalqaro ekspert tomonidan master-klass o‘tkazilmoqda

Sug‘urta kompaniyalari faoliyatining barqarorligi, mijozlar ishonchi va bozordagi raqobatbardoshlik, avvalo, xavflarni to‘g‘ri baholash hamda sug‘urta da’volarini samarali boshqarish jarayonlariga bog‘liq.

Anderayting sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, kompaniyaning sug‘urta portfeli shunchalik muvozanatli shakllanadi, zararlar koeffitsiyenti barqaror saqlanadi va moliyaviy natijalar uzoq muddatga kafolatlanadi.

Jamiyatda anderayting faoliyatini samarali tashkil etish hamda rivojlantirishda xalqaro amaliyotlar va ilg‘or yondashuvlarni joriy etish dolzarb vazifadir. Shu maqsadda Euroasia Insuranceda anderayting bo‘yicha xalqaro ekspert janob DONATUS KISSOON (Angliya) ishtirokida 10 kunlik seminar va master-klasslar o‘tkazish boshlandi va 18 dekabrgacha davom etadi.

Mazkur dastur doirasida anderaytingning asosiy tamoyillari, sug‘urta obyektlarini texnik baholash metodlari, inflyatsiya koeffitsiyentlarini xavf modellari tarkibiga integratsiya qilish, sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish masalalari chuqur o‘rganildi.

Shu o‘rinda anderayting jarayonining mohiyati haqida ham to‘xtalib o‘tsak.

Anderayting faqat texnik jarayon emas — u kompaniyaning barcha yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan strategik mexanizmdir. Mahsulot yaratishda xavf va tariflarning to‘g‘ri baholanishi mahsulotning marjinalligini belgilaydi, marketing va sotuv jarayonlarida esa to‘g‘ri segmentatsiya va maqsadli auditoriyani tanlash imkonini yaratadi. Qayta sug‘urtalash siyosatida esa portfelning yuqori xavfli qismlarini to‘g‘ri taqsimlash va kompaniyani yirik zararlar xavfidan himoya qilishga xizmat qiladi.

Euroasia Insurance xalqaro ekspertning bilim va tajribalarini kompaniyaning barcha faoliyat yo‘nalishlariga joriy etishni maqsad qilgan. Xalqaro ekspertning boy tajribasi xodimlarda yangi professional madaniyat va ish faoliyatida xalqaro standartlarga asoslangan yondashuvni shakllantirdi.

Bu esa kelgusida Jamiyatning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va sug‘urta bozoridagi raqobatbardoshligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tavsiya qilamiz

Kompaniya yangiliklari

Moody's EUROASIA Insurance reytingini B1 ga ko‘tardi

6-iyul, 20262 daqiqa
Salomatlik

Baxtsiz hodisalardan sug'urta: tasodif moliyaviy muammoga aylanmasin

23-iyun, 20263 daqiqa
Kompaniya yangiliklari

Jahon chempionati–2026 arafasida: EUROASIA INSURANCE O'zbekiston Futbol hakamlari markazining rasmiy homiysiga aylandi

11-iyun, 20262 daqiqa
Kompaniya yangiliklari

EUROASIA INSURANCE: Tezkor sug'urta da'volarini ko'rib chiqish orqali mijozlar ishonchi

8-may, 20262 daqiqa
Kompaniya yangiliklari

EUROASIA INSURANCE SNS Ratings tomonidan (uz) AAA yuqori reytingini oldi

2-aprel, 20261 daqiqa