Euroasia insurance

“EUROASIA INSURANCE” AJ kapitallashuvni mustahkamlaydi, raqamli transformatsiyani tezlashtiradi va xalqaro integratsiyani kengaytiradi

“EUROASIA INSURANCE” AJ ustav kapitalini 43 million AQSh dollariga oshirish, 2026-yilda raqamli transformatsiyani tezlashtirish va xalqaro integratsiyani kengaytirish rejalarini e'lon qiladi.

Kompaniya yangiliklari17-dekabr, 20252 daqiqa105 ko'rishlar
EUROASIA INSURANCE

Toshkent, O‘zbekiston | 2025-yil 15-dekabr

Jamiyat Kuzatuv kengashi Jamiyat ustav kapitalini $43 mln ekvivalent miqdorgacha bosqichma-bosqich yetkazish strategiyasini izchil amalga oshirish rejasini tasdiqladi hamda 2026-yilga mo‘ljallangan biznes-rejani ma’qulladi. Mazkur reja raqamli transformatsiyani davom ettirish, barqaror o‘sish va xalqaro integratsiyani kengaytirishni nazarda tutadi. 

Yig‘ilishda qayd etilishicha, 2025-yil 26-noyabr kuni «EUROASIA INSURANCE» AJ (Jamiyat) joylashtirish narxi har bir aksiya uchun 2 134,32 so‘m bo‘lgan 200 mln dona aksiyalarning navbatdagi emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Emissiyaning umumiy hajmi 429,4 mlrd so‘mni (≈ $45,7 mln) tashkil etadi. Shundan 100 mln dona aksiya 214,7 mlrd so‘m (≈ $22,85 mln) miqdorida aksiyadorga allaqachon joylashtirilgan. Hozirda Jamiyatning ustav kapitali 186,80 mlrd so‘mni, qo‘shilgan kapitalni hisobga olgan holda esa 301,54 mlrd so‘m (≈ $25,12 mln)ni tashkil etmoqda. 2026-yilda Jamiyatning ustav kapitali qo'shimcha kapitalni hisobga olgan holda 516,27 mlrd so'mni (taxminan 43,02 mln AQSh dollari) tashkil etadi.

2026-yil uchun strategik ustuvor yo‘nalishlar

2026-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Jamiyatning o‘z kapitalini 600 mlrd so‘mgacha, aktivlarini esa 1,0 trln so‘mgacha yetkazish; Jamiyatning xalqaro reyting ko‘rsatkichini yaxshilash; Kompaniyaning veb-sayti va mobil ilovasida mahsulotlar qatorini kengaytirish; xalqaro standartlar asosida anderraytingni takomillashtirish; bozorning turli segmentlari uchun ixtisoslashgan yechimlarni ishlab chiqish; sug‘urta hodisalarini tartibga solishda tezkor va shaffof mexanizmlarni yaratish; raqamli marketingni rivojlantirish va aholining sug‘urta madaniyatini oshirish; shuningdek, investitsiya faoliyatini diversifikatsiya qilish.

Tavsiya qilamiz

Kompaniya yangiliklari

«EUROASIA INSURANCE» eng yuqori reytingli sug'urta kompaniyalari safidan o'rin oldi

8-iyul, 20262 daqiqa64 ko'rishlar
Kompaniya yangiliklari

Moody's EUROASIA Insurance reytingini B1 ga ko‘tardi

6-iyul, 20262 daqiqa89 ko'rishlar
Salomatlik

Sportchini kim sug'urtalashi shart — klub, federatsiya yoki sportchi?

22-iyul, 20265 daqiqa36 ko'rishlar
Salomatlik

Baxtsiz hodisalardan sug'urta: tasodif moliyaviy muammoga aylanmasin

23-iyun, 20263 daqiqa78 ko'rishlar
Kompaniya yangiliklari

Jahon chempionati–2026 arafasida: EUROASIA INSURANCE O'zbekiston Futbol hakamlari markazining rasmiy homiysiga aylandi

12-iyun, 20262 daqiqa77 ko'rishlar
Kompaniya yangiliklari

EUROASIA INSURANCE: Tezkor sug'urta da'volarini ko'rib chiqish orqali mijozlar ishonchi

8-may, 20262 daqiqa79 ko'rishlar
Kompaniya yangiliklari

EUROASIA INSURANCE SNS Ratings tomonidan (uz) AAA yuqori reytingini oldi

2-aprel, 20261 daqiqa71 ko'rishlar