Euroasia insurance
Jismoniy shaxslar uchunBiznes uchun
  • Kompaniya haqida
  • Hamkorlarga
  • Kontaktlar
    • Mobil ilova
    • Blog
    • FAQ
  • Sayt rangi
  • 1147
  • O'zbekchaO'zbekcha
    • Русский
    • O'zbekcha
    • Узбекча
    • English
    • Majburiy avtosug'urta (E-OSAGO)
    • Ixtiyoriy avtosug'urta (KASKO)
    • Avtosug‘urta konstruktori (EURO KASKO)
    • Sayohat uchun sug'urta
    • Xorijda oʻqish uchun sugʻurta
    • Chet elda ishlovchilar uchun sug‘urta
    • Sport sayohatlarini sug'urtalash
    • Baxtsiz hodisalardan sug‘urta
    • Mulkni sug‘urtalash (ko‘chmas mulk)
    • Quyosh panellarini sug‘urtalash
  • KASKO Klub
  • EAI bilan ishlash
  • Sug’urta hodisasi
  • Shaxsiy kabinet
Euroasia insurance
  • Kompaniya haqida
  • Kontaktlar
  • FAQ
Ma'lumotni oshkor qilish

  • Koll-markaz:1147
  • Telefon raqami:+998 71 207-91-93
  • Elektron pochta:info@eai.uz

Ilovani yuklash

Get it on google

To'lov usullari

Click
Humo
Payme
Uzcard
Mastercard
Visa
Uzum
Union Pay
3D Secure

  • Foydali havolalar
    • Foydalanuvchi shartnomasi
    • Polisga xizmat koʻrsatish
    • Yevroprotokol
    • Karta bilan to'lov xavfsizligi
    • Maxfiylik siyosati
    • KASKO Klub
    • Ilovani yuklab olish
  • Sug'urta turlari
    • Avtosug'urta
    • Sayohat uchun sug'urta
    • Baxtsiz hodisalardan sug'urta
    • Mol-mulkni sug‘urtalash (ko‘chmas mol-mulk)

© 2026 EAI. Barcha huquqlar himoyalangan

Built by IOTA

•••

Ali

Sizning shaxsiy yordamchingiz

  1. Bosh sahifa
  2. Blog
  3. EUROASIA INSURANCE: qo'shimcha aksiyalar chiqarilishi e'loni 2025

EUROASIA INSURANCE: qo'shimcha aksiyalar chiqarilishi e'loni 2025

"EUROASIA INSURANCE"
AKTSIYADORLIK JAMIYATI QO'SHMA KORXONA

 

AKTSIYADORLAR DIQQATIGA!

 

Hurmatli aktsiyadorlar!

"EUROASIA INSURANCE" Aktsiyadorlik jamiyati Qo'shma korxona Kuzatuv kengashining 2025 yil 13 noyabrdagi qaroriga asosan Jamiyat Ustav fondining miqdorini ko'paytirish maqsadida nominal qiymati 1 000 so'm bo'lgan egasining nomi yozilgan hujjatsiz shakldagi 191 788 196 dona oddiy hamda 8 211 804 dona imtiyozli qo'shimcha aksiyalarning chiqarilishi O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2025 yil 26 noyabrda R0939-5 son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilganligini ma'lum qilamiz.

Qo'shimcha aksiyalar chiqarilishi to'g'risidagi qarorga asosan Jamiyat aksiyalari aktsiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqi taqdim etish bilan yopiq obuna orqali joylashtiriladi.

Qo'shimcha aksiyalar chiqarilishi to'g'risidagi qarorga asosan Jamiyatning oddiy aksiyalari egalariga qo'shimcha chiqarilgan aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqi beriladi. Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati bildirishnoma e'lon qilingan paytdan e'tiboran 10 (o'n) kun davomida amal qiladi.

Jamiyat aksiyalarini imtiyozli sotib olish huquqiga ega shaxslarning ro'yxati 2025 yil 13 noyabr holatiga shakllantirilgan Jamiyat aktsiyadorlari reestrining ma'lumotlari asosida tuziladi.

Qo'shimcha chiqarilgan aksiyalar 2 147,32 so'mdan joylashtiriladi.

Aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqiga ega shaxslarga ushbu chiqarilishdagi aksiyalar 2 147,32 so'mdan joylashtiriladi.

Imtiyozli huquqqa ega bo'lgan aktsiyadorlar aksiyalarni olishi to'g'risida o'zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan eri), o'zi oladigan aksiyalarning soni ko'rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to'laganligi to'g'risidagi hujjatni Jamiyatga yuborish orqali o'z imtiyozli huquqini to'liq yoki qisman amalga oshirishga haqlidirlар. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Jamiyatga taqdim etilishi kerak.

Mazkur chiqarilishdagi aksiyalar uchun to'lovlar O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.

Imtiyozli huquqqa ega shaxslar tomonidan aksiyalar sotib olinayotganda to'lovlar qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy valyutada amalga oshirilishi mumkin.

Imtiyozli huquqning amal qilish muddatida aksiyalar uchun to'lovlar faqat pul mablag'lari bilan amalga oshiriladi. To'lovlar jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul va naqdsiz (plastik kartalar), yuridik shaxslar tomonidan pul o'tkazish yo'li bilan naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.

Aksiyalarni joylashtirish jarayonida aksiyalar uchun to'lovlar faqat pul mablag'lari bilan amalga oshiriladi. To'lovlar pul o'tkazish yo'li bilan naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.

To'lovlar Emitentning milliy valyutadagi 2021 4000 5039 6842 0001, AQSh dollaridagi 2021 4840 5039 6842 0010, Yevrodagi 2021 4978 6039 6842 0002 hisobraqamiga qabul qilinadi. Bank nomi – O'zmilliybank "Sayohat" BXM, Bank kodi – 00450, SWIFT kodi – NBFA UZ 2X, Bank STIRi – 200 836 354, Bank manzili – 100185, Toshkent shahri, Naqqoshlik MFY, Bunyodkor ko'chasi, 28A.

"EUROASIA INSURANCE" AJ QK aktsiyadorlari imtiyozli olishga haqli bo'lgan oddiy va imtiyozli aksiyalar sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:

Qo'shimcha chiqarilgan oddiy aksiyalar bo'yicha:

A / 86 808 471 = B;

191 788 196 * B = C;

Bunda:

86 808 471 – Jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalar soni;

191 788 196 – qo'shimcha chiqarilgan oddiy aksiyalar umumiy soni;

A – aktsiyadorning Jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalari soni;

B – aktsiyadorga tegishli aksiyalarning Jamiyat ustav kapitalidagi jami oddiy aksiyalar soniga nisbati;

C – imtiyozli huquq qo'llanilganda aktsiyador tomonidan imtiyozli sotib olinishi mumkin bo'lgan oddiy aksiyalar soni.

Qo'shimcha chiqarilgan imtiyozli aksiyalar bo'yicha:

A / 86 808 471 = B;

8 211 804 * B = D;

Bunda:

86 808 471 – Jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalar soni;

8 211 804 – qo'shimcha chiqarilgan imtiyozli aksiyalar umumiy soni;

A – aktsiyadorning Jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalari soni;

B – aktsiyadorga tegishli aksiyalarning Jamiyat ustav kapitalidagi jami oddiy aksiyalar soniga nisbati;

D – imtiyozli huquq qo'llanilganda aktsiyador tomonidan imtiyozli sotib olinishi mumkin bo'lgan imtiyozli aksiyalar soni.

Qoldiq hosil bo'lgan hollarda, qoldiq son 5 (besh) ga teng va undan ortiq bo'lsa ko'paygan tomonga, 5 (besh) dan kam bo'lsa kamaygan tomonga yaxlitlanadi.

Aktsiyadorlar, qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun Jamiyatga murojaat qilishlari mumkin.

Ma'lumot uchun telefonlar: (+998 71) 207-91-93

O'qishni tavsiya qilamiz

    EUROASIA Insurance qishki o'yinining oltinchi g'olibi12 Yanvar 2026
    EUROASIA Insurance qishki o'yinining oltinchi g'olibi

    12 yanvarda oltinchi g'olib aniqlandi! Jump Starter va EuroKASKO "Yon qismlar" moduli sovg'a qilindi. O'yinga qo'shiling va qimmatli sovg'alar yuting!

    euroasia-insurance-qishki-oyinning-beshinchi-golibi6 Yanvar 2026
    euroasia-insurance-qishki-oyinning-beshinchi-golibi

    EUROASIA Insurance qishki o'yinining beshinchi g'olibi

    Yevroprotokol O’zbekistonda: to’liq qo’llanma 202627 Dekabr 2025
    Yevroprotokol O’zbekistonda: to’liq qo’llanma 2026

    Yevroprotokol bo’yicha to’liq qo’llanma: qachon qo’llash, YTHni bosqichma-bosqich rasmiylashtirish, hujjat muddatlari va OSAGO to’lov limitlari.

    EUROASIA INSURANCE: 2025 yil yakunlari va O'zbekiston sug'urta bozorining kelajagiga nazar26 Dekabr 2025
    EUROASIA INSURANCE: 2025 yil yakunlari va O'zbekiston sug'urta bozorining kelajagiga nazar

    EUROASIA INSURANCE 2025 yil yakunlarini e'lon qildi: sug'urta premiялari 3,2 martaga, sof foyda 5,8 martaga oshdi. Yangi Granite platformasi va 2026 yilga rejalar haqida batafsil.