Euroasia insurance

Ishonchli sug’urta kompaniyasini qanday tanlash: asosiy mezonlar

Sug’urta kompaniyasini tanlash bo’yicha qisqa chek-list: shaffof shartlar, tezkor to’lovlar, yaxshi servis va bozordagi ishonchli obro’.

OSAGO10-iyul, 20252 daqiqa
Mundarija
Ishonchli sug’urta kompaniyasini qanday tanlash

O'zbekistonda ishonchli sug'urta kompaniyasini topish oson emas. Reklama juda ko'p, hamma faqat eng yaxshisini va'da qiladi, ammo haqiqiy xizmat va qo'llab-quvvatlash sifati har doim ham yuqori darajada bo'lmaydi. Xato qilmaslik uchun oddiy, ammo samarali chek-listimizdan foydalaning.

Litsenziyani tekshiring

Birinchi qilinadigan ish — kompaniyaning amaldagi litsenziyaga ega ekanligiga ishonch hosil qilish. Bu uning qonun asosida ishlayotganining tasdig'idir. Uni onlayn tarzda tartibga soluvchining saytida tekshirishingiz mumkin.

Haqiqiy sharhlarni o’qing

Mijozlarning sharhlari — kompaniyaning sug'urta holatlarida o'zini qanday tutishini tushunishning mukammal usulidir. Shikoyatlarga e'tibor bering: to'lovlarni kechiktirish, so'rovlarni e'tiborsiz qoldirish, tushunarsiz shartlar — bularning barchasi o'ylanish uchun sababdir.

“Mayda shrift”larsiz shartlar

Ishonchli kompaniya ma'lumotlarni yashirmaydi. Shartnoma namunasini so'rang, hammasini diqqat bilan o'qing: cheklovlar, muddatlar, istisnolar. O'zbekistondagi halol sug'urta kompaniyasi hamma narsani sodda va tushunarli tarzda tushuntiradi.

Mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini baholang

Ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling va messenjerga yozing. Agar ular tezda, xushmuomalalik bilan va ish bo'yicha javob berishsa — bu yaxshi belgi. Qo'pollik yoki chalkash tushuntirishlar xizmat ko'rsatish bilan bog'liq muammolar yuzaga kelishi mumkinligidan dalolat beradi.

Rasmiylashtirish qulayligi

Zamonaviy kompaniyalar navbatsiz onlayn sug'urtani tanlash va vaqtni tejash imkonini beradi. Polisni elektron pochta orqali yoki messenjer orqali olish imkoniniyati mavjudligini aniqlashtiring.

Nima sababdan EUROASIA Insurance’ni tanlashadi

EUROASIA Insurance — 25 yildan ortiq tarixga ega O'zbekiston sug'urta bozorining yetakchilaridan biri. Biz majburiy va ixtiyoriy sug'urtaning 17 ta yo'nalishi bo'yicha xizmatlarni taqdim etamiz. Bizga 1 000 000 dan ortiq mijozlar ishonishadi.

Biz mamlakatdagi eng yaxshi 5 sug'urtachilar qatoriga kirdik, shuningdek, mukofotlar va xalqaro reytinglar bilan e'tirof etildik. Biz o'z vaqtida to'laymiz va har bir mijozni qo'llab-quvvatlaymiz.

EUROASIA Insurance — bu ishonchlilik, tajriba va ortiqcha so'zlarsiz haqiqiy himoya.

Bizning sug'urta mahsulotlarimiz bilan batafsil havola orqali tanishib chiqing.

Tavsiya qilamiz

Kompaniya yangiliklari

Moody's EUROASIA Insurance reytingini B1 ga ko‘tardi

6-iyul, 20262 daqiqa
Salomatlik

Baxtsiz hodisalardan sug'urta: tasodif moliyaviy muammoga aylanmasin

23-iyun, 20263 daqiqa
Kompaniya yangiliklari

Jahon chempionati–2026 arafasida: EUROASIA INSURANCE O'zbekiston Futbol hakamlari markazining rasmiy homiysiga aylandi

11-iyun, 20262 daqiqa
Kompaniya yangiliklari

EUROASIA INSURANCE: Tezkor sug'urta da'volarini ko'rib chiqish orqali mijozlar ishonchi

8-may, 20262 daqiqa
Kompaniya yangiliklari

EUROASIA INSURANCE SNS Ratings tomonidan (uz) AAA yuqori reytingini oldi

2-aprel, 20261 daqiqa