Euroasia insurance

EUROASIA INSURANCE navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi

2025 yil 30 sentabr kuni aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida yangi boshqaruv raisi, tashkiliy tuzilma va aksiyalar hajmi tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari8-oktabr, 20251 daqiqa
EUROASIA INSURANCE navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi

“EUROASIA INSURANCE” AJ QК aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Jamiyat Kuzatuv kengashi raisi Bobur  Kobulovich Shadiyev olib bordi.

Yig‘ilishda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiruvchi qator masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Xususan:

-     Jamiyat Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Jonibek Temirov Jamiyat Boshqaruv raisi sifatida tasdiqlandi;

-     Jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi;

-     Jamiyatning ijroiya organi — Boshqaruv sifatida belgilandi;

-     Jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari miqdori 400 000 000 (to‘rt yuz million) dona oddiy va 100 000 000 (bir yuz million) dona imtiyozli aksiyalardan iborat etib belgilandi.

Kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Ushbu qabul qilingan qarorlar Jamiyatni yanada rivojlantirishdagi muhim qadamlar ekani ta’kidlandi.

Tavsiya qilamiz

Kompaniya yangiliklari

Moody's EUROASIA Insurance reytingini B1 ga ko‘tardi

6-iyul, 20262 daqiqa
Salomatlik

Baxtsiz hodisalardan sug'urta: tasodif moliyaviy muammoga aylanmasin

23-iyun, 20263 daqiqa
Kompaniya yangiliklari

Jahon chempionati–2026 arafasida: EUROASIA INSURANCE O'zbekiston Futbol hakamlari markazining rasmiy homiysiga aylandi

11-iyun, 20262 daqiqa
Kompaniya yangiliklari

EUROASIA INSURANCE: Tezkor sug'urta da'volarini ko'rib chiqish orqali mijozlar ishonchi

8-may, 20262 daqiqa
Kompaniya yangiliklari

EUROASIA INSURANCE SNS Ratings tomonidan (uz) AAA yuqori reytingini oldi

2-aprel, 20261 daqiqa