
O'zbekistonda majburiy avtosug'urta tizimidagi yangiliklar: 2026 yildan nimalar o'zgaradi va haydovchilar uchun eslatmalar
Avtomobillar soni ortib borar ekan, xavf-xatar ham ortadi. O'zbekistonda avtotransport vositasiga egalik qilish nafaqat qulaylik, balki katta mas'uliyat hamdir. Yildan-yilga aholi farovonligi oshib, bu esa yo'llardagi transport vositalari sonining jadal o'sishiga sabab bo'lmoqda.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2025 yil 1 iyul holatiga mamlakatda jismoniy shaxslar tomonidan 4 million 612,7 mingta avtotransport vositasi ro'yxatdan o'tgan. Bu 2024 yilga nisbatan 441,5 mingtaga ko'p — ya'ni, bir yilda qariyb yarim million yangi avtomobillar qo'shilganini anglatadi (manba: zamin.uz, 2025 yil 17 iyul).
Majburiy avtosug'urta tizimi va uning ahamiyati
Yo'l harakati jarayonida uchinchi shaxslarga yetkazilishi mumkin bo'lgan mulkiy yoki jismoniy zararni qoplash maqsadida davlat tomonidan «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish» tizimi (qisqacha — majburiy avtosug'urta) joriy etilgan.
Bu tizim 2008 yil 21 apreldagi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 26 iyundagi 141-sonli qarori asosida amalga kiritilgan bo'lib, uning maqsadi — YTH natijasida uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash orqali fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta'minlashdir.
Nega islohot zarur bo'ldi?
So'nggi yillarda sug'urta tashkilotlari tomonidan tovonlarning o'z vaqtida to'lanmasligi va zararlarni qoplash limitlarining yetarli emasligi yuzasidan ko'plab murojaatlar bo'lganligi sir emas.
2019 yildagi 56 ming so'mlik sug'urta mukofoti amalda zararlarni qoplashga yetarli bo'lmagani sababli, ayrim hududlarda sug'urta kompaniyalari tomonidan ushbu sug'urta turini raqobat muhitida ko'rsatish yuzasidan qiziqish pasaygan. Yuqoridagi hamda boshqa bir qator omillar sababli, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 23 iyuldagi qarori bilan majburiy avtosug'urta tizimini isloh qilish chora-tadbirlari belgilandi.
Toshkent shahar hududi bilan bog'liq sug'urta bozoridagi holat
2023 yilda Toshkent shahri bo'yicha 865,0 mingdan ortiq sug'urta polisi rasmiylashtirilib, 80,5 mlrd. so'm sug'urta mukofoti yig'ilgan, 10,6 mingta sug'urta da'vosi yuzasidan murojaatlar bo'lib, 77,9 mlrd. so'm sug'urta tovoni to'langan.
2025 yilning 9 oyida esa 1,54 mln. dona sug'urta polisi rasmiylashtirilib, 129,5 mlrd. so'm sug'urta mukofoti yig'ilgan. Ushbu davr mobaynida 12,5 mingta sug'urta murojaatlar yuzasidan 108,4 mlrd. so'm miqdorida sug'urta tovoni to'langanligi qayd etilgan.
Bunday o'sish, avvalo, aholining «avtoparki» kengayishi, «qimmatbaho» avtomobillar ulushining ortishi va ta'mirlash narxlarining o'sishi bilan bog'liq deb qarash mumkin.
2026 yildan yangi limitlar va tariflar
2026 yil 1 yanvardan sug'urta puli 80,0 mln. so'm etib belgilanadi:
Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun — 28,0 mln. so'm;
Hayot yoki sog'liqqa yetkazilgan zarar uchun — 52,0 mln. so'm.
Bu amaldagi limitlardan ikki barobar yuqori. Solishtirish uchun:
2019–2025 yillarda amalda bo'lgan shartlarga ko'ra sug'urta puli 40,0 mln. so'mni tashkil qilgan. Shundan:
Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun — 14,0 mln. so'm;
Hayot yoki sog'liqqa yetkazilgan zarar uchun — 26,0 mln. so'm.
2019 yilgacha amalda bo'lgan shartlarga ko'ra sug'urta puli 12,0 mln. so'mni tashkil qilgan. Shundan:
Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun — 4,2 mln. so'm;
Hayot yoki sog'liqqa yetkazilgan zarar uchun — 7,8 mln. so'm.
Shu bilan, 2019 yilgacha bo'lgan davrga nisbatan javobgarlik limiti 6,7 barobarga oshadi, sug'urta mukofoti esa 1,2 barobarga o'sganligini ko'rishimiz mumkin.
Yangi sug'urta tariflari (01.01.2026 yildan, so'mda)
Transport turi | Toshkent sh. | Toshkent v. | Boshqa hududlar |
|---|---|---|---|
Yengil | 192,000 | 160,000 | 160,000 |
Yuk | 336,000 | 280,000 | 280,000 |
Avtobus / mikroavtobus | 384,000 | 320,000 | 320,000 |
Mototsikl / traktor / tramvay | 72,000 | 60,000 | 60,000 |
Dinamika misoli
Misolimizning shartli parametrlari:
Transport vositasi: Lasetti rusumidagi yengil avtomobil;
Haydovchi yoshi: 22 yosh;
Haydovchilik staji: 2 yil;
Ro'yxatdan o'tgan hudud: Toshkent shahri;
Sug'urta polisi: haydovchilar soni cheklangan va cheklanmagan ko'rinishda.
Islohot bosqichlari
Islohot bosqichlari | Sug'urta puli (so'm) | Cheklangan | Cheklanmagan |
|---|---|---|---|
2019 yilgacha | 12,000,000 | 161,700 | 388,000 |
2019–2025 yy. | 40,000,000 | 56,000 | 168,000 |
01.01.2026 yildan | 80,000,000 | 192,000 | 384,000 |
Keltirilgan misolimizda (jadvaldan) ko'rinib turibdiki, 2026 yil 1 yanvardan boshlab transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta puli (javobgarligi limiti) sezilarli darajada oshirilmoqda.
Sug'urta puli (javobgarligi limiti) 2019 yilgacha bo'lgan davrga nisbatan 6,7 barobarga oshgan (12,0 mln. so'mdan 80,0 mln. so'mgacha). Bu o'zgarish fuqarolarning mol-mulki va hayoti/sog'lig'i uchun kompensatsiya hajmini ancha oshirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, sug'urta mukofoti (tarif) sug'urta javobgarligiga nisbatan mo''tadil o'sgan — faqat 1,2 barobarga (161,7 ming so'mdan 192,0 ming so'mga). Bu sug'urtalovchi va sug'urta qildiruvchi o'rtasidagi manfaatlar muvozanatini saqlagan holda ijtimoiy adolat printsipiga mos ravishda belgilanganini ko'rsatadi.
Haydovchilar uchun muhim eslatmalar
Sug'urta qildiruvchilarga mazkur sug'urta turi bilan bog'liq bir qator foydali eslatmalarni yozishni lozim deb topdik.
Umumiy masalalar:
Elektron polislar: Polis elektron ko'rinishda rasmiylashtiriladi va SMS orqali yuboriladi.
Ma'lumotlar bazasi integratsiyasi: Barcha ma'lumotlar Yagona axborot tizimi orqali IIV ma'lumotlar bazasiga integratsiya qilingan.
«Cheklangan» va «cheklanmagan» polislar: Javobgarlik summalari bir xil, farq — boshqarishga kiritilgan haydovchilar sonida.
Qamrov: Polis faqat uchinchi shaxsga yetkazilgan zararni qoplaydi, o'z avtomobilingiz zarari bu polisning javobgarlik doirasiga kirmaydi.
Ijtimoiy imtiyozlar:
Sug'urta mukofotining 50% miqdorida siylov quyidagi shaxslarga beriladi:
Urush faxriylari va mehnat fronti qatnashchilari;
Nogironligi bo'lgan shaxslar;
Pensionerlar;
Chernobil fojiasidan jabrlangan va boshqalar.
Sug'urta polisi bo'lmasa jarima miqdori:
Majburiy sug'urta talabini bajarmaslik BHMning 1 barobaridan 3 barobari miqdorigcha jarimaga sabab bo'ladi.
Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani tuzish tartibi (Yevroprotokol)
Yo'l-transport hodisasi (YTH) yuz berganda, agar hodisa tan jarohatisiz va faqat ikki avtomashina ishtirokida bo'lsa, haydovchilar YTH haqidagi xabarnomani mustaqil ravishda tuzishlari mumkin. Bu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Hodisa vaqtida — haydovchilar amalga oshiradi:
Ikki nusxada xabarnoma tuziladi.
Hodisa joyi va avtomashinalarning shikastlangan qismlari foto va video orqali qayd etiladi.
Hodisa vaqti, joyi va vaziyat haqidagi ma'lumotlar aniq yozib qo'yiladi.
Hodisadan keyingi dastlabki choralar:
Hodisadan keyin 4 soat ichida mastlik holati tekshiriladi.
Agar jabrlanuvchi bo'lsa, u 3 ish kuni ichida mustaqil ekspertizadan o'tishi mumkin.
Haydovchilar 3 ish kuni ichida xabarnoma va barcha hujjatlarni o'z sug'urtalovchisiga taqdim etadi.
Sug'urtalovchi tomonidan ko'rib chiqish:
Sug'urtalovchi xabarnoma va hujjatlarni qabul qiladi, avtomashinani ko'zdan kechiradi.
Zarur hollarda ekspertiza tayinlanadi.
Sug'urtalovchi 15 ish kuni ichida qaror qabul qiladi — tovon to'lash yoki rad etish haqida.
Qaror qabul qilinganidan so'ng 5 ish kuni ichida to'lov amalga oshiriladi.
Huquqiy va regress tartiblari:
Agar haydovchilar o'z vaqtida hujjatlarni taqdim etmasa yoki mastlik holati tekshiruvi o'tkazilmasa, sug'urtalovchi to'langan tovonni regress tartibida aybdordan undirishi mumkin.
Agar YTHda jinoyat alomatlari aniqlansa, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Blanklarni yoki eai.uz/europrotocol saytidan yuklab olishingiz mumkin.
Nafaqat majburiyat, balki himoya: ixtiyoriy sug'urta
Majburiy avtosug'urta boshqalarga yetkazilgan zararni qoplaydi, lekin o'z avtomobilingizni emas. To'liq himoya uchun ixtiyoriy sug'urta — KASKO zarur. EUROASIA Insurance kompaniyasi avtomobilingiz uchun optimal himoyani tanlashingiz uchun bir nechta KASKO variantlarini taklif etadi.
Ixtiyoriy avtosug'urta mahsulotlarimiz:
KASKO — avtomobilingizning kompleks himoyasi
Klassik KASKO keng spektrdagi xavflardan to'liq himoya taklif etadi, shu jumladan YTH (hatto sizing aybingiz bo'lsa ham), o'g'irlik, tabiiy ofatlardan zarar, vandalizm va boshqalar. Uch darajali qamrov — LITE, SMART va DELUXE — byudjetingiz uchun optimal variantni tanlash imkonini beradi. Bu yo'lda maksimal ishonchni istaganlar uchun ideal tanlov.
EUROASIA Insurance KASKO afzalliklari:
YTHda sizing aybingiz bo'lsa ham to'lovlar
Onlayn rasmiylashtirish 5 daqiqada
24/7 qo'llab-quvvatlash
Sug'urta hodisalari bo'yicha 99,7% to'lovlar
Avtomobil qiymatining 1,3% dan boshlanadigan tariflar
EUROKASKO — moslashuvchan sug'urta konstruktori
Bu zarur variantlarni mustaqil ravishda tanlash va individual polis tuzish imkonini beradigan noyob mahsulot. Siz eng zaif deb hisoblagan avtomobil qismlarini (oldingi qism, yon qismlar, old oyna, orqa qism) sug'urtalashingiz va kerak bo'lmagan xavflar uchun ortiqcha to'lamasligingiz mumkin. Tejamkor haydovchilar va aniq himoya istaganlar uchun ideal.
EUROKASKO afzalliklari:
Avtomobil qiymatining 0,2% dan boshlanadigan tariflar
Faqat kerakli variantlarni tanlang
Qamrovni moslashtirish imkoni
To'liq KASKO bilan solishtirganda 70% gacha tejash
Avtomobilingizni bugunoq himoya qiling!
Noqulay hodisa yuz berishi kutmang. Ixtiyoriy sug'urtani hoziroq rasmiylashtiring va avtomobilingiz uchun maksimal himoya oling.
→ KASKO narxini onlayn hisoblash
→ Individual EUROKASKO tuzish
→ Yevroprotokol haqida ko'proq bilish
Xulosa
Hurmatli haydovchilar! Majburiy avtosug'urta nafaqat qonun talabidir, balki sizing moliyaviy himoyangiz va xotirjamligingizdir. 2026 yildan qamrov limitlari sezilarli darajada oshadi, bu esa barcha yo'l harakati ishtirokchilari uchun yaxshiroq himoya degani.
Lekin esda tuting: majburiy avtosug'urta faqat uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni qoplaydi. Avtomobilingizning to'liq himoyasi uchun EUROASIA Insurance kompaniyasidan KASKO yoki EUROKASKO ixtiyoriy sug'urtasini tanlang.
Biz bilan bog'laning:
Koll-tsentr: 1147 (O'zbekiston bo'ylab bepul)
Telefon: +998 71 207-91-93
Email: info@eai.uz
Sayt: eai.uz
Xavfsiz yo'llar va ishonchli himoya tilaymiz!
O'zbekcha



